Qobiljonov: Bu nafaqat futbolsevar Namangan xalqi, balki o‘zbek futboli uchun ham yo‘qotish bo‘lishi tayin

  • 31 avgust, 2023, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganlik muxlislarning ba’zilari Samvel Vyacheslavevichning Superligadagi so‘nggi natijalaridan qoniqmayapti. Ular OKMKga qarshi bugungi durangdan keyin "portladi!" Xo‘sh, lochinlar rahbariyati nima qilishi kerak?

Tecno

To‘g‘ri, Babayan ichki maydonda muxlislar kutgan natijani qayd eta olmayapti. Xo‘p, u ketdi ham deylik, keyin nima bo‘ladi? Taxminan mana bunday: vaqtinchalik o‘rtamiyona mutaxassis jamoani qabul qilib oladi va kamida 4-5 ta o‘yinda ishlaydi. Bu Superliga, O‘zbekiston kubogi chorak finali va balki, OChL dastlabki turlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar uning natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmasa, mavsum "proval"ga yuz tutishi hech gapmas.

Yoki xorijdan murabbiy olib kelinadi. U bir deganda g‘alabalar kalitini topa olishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Umuman olganda, buning ehtimoli ham past.

Yana bitta haqiqatdan uzoq va eng qo‘rqinchli variant bor. Hozir Babayanga millionlarni topib berayotgan rahbariyatning futboldan ko‘ngli sovib ketadi va klub yana o‘rtamiyonaga aylanadi (masalan, lochinlar 2005-2018 yillar oralig‘ida biror marta mavsumni medal bilan yakunlamagan). Bu nafaqat futbolsevar Namangan xalqi, balki o‘zbek futboli uchun ham yo‘qotish bo‘lishi tayin.

Manba: Qobiljonov telegram kanali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!