
"Qizilqum"dan "Lokomotiv"ga o‘tgan legioner yana Navoiy klubiga qaytdi
O‘tgan mavsum yozida "Lokomotiv" klubi futbolchisiga aylangan nikaragualik Ariagner Smit Medina yana sobiq jamoaga qaytdi.
"Qizilqum" klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Smit navoiyliklarning xorijdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga borib qo‘shildi. "Qizilqum" ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ariagner Smit Medina o‘tgan mavsum birinchi davrasida Navoiyning "Qizilqum" safida to‘p tepgandi.
Fikrlar