
"Qizilqum" stadioniga chim yotqizilyapti
Xabaringiz bor, “Qizilqum” jamoasi uy stadioni bo‘lmish “Yoshlar” sport majmuasida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Kecha stadion mutaxasisslari o‘yingohda chim yotqizish ishlarini boshladi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa bu yil uy o‘yinlarini Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tkazganini yaxshi bilasiz. Albatta, ushbu holat jamoaga noqulayliklar tug‘dirdi. Chunki har qanday jamoaga baribir o‘z uyida o‘ynashi boshqacha. Shu bois yangi mavsumda "Qizilqum" mutasaddilari jamoani o‘z uyiga qaytarish uchun astoydil harakat qilmoqdalar va buning uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
Fikrlar