
"Qizilqum" navbatdagi transferni e’lon qildi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilgan iste’dodli yarim himoyachi Oybek Nurmatov 2023 yilgi mavsumda "Qizilqum" jamoasi tarkibida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Nurmatov o‘tgan mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar