"Qizilqum" darvozaboni Latviya terma jamoasidan chaqiruv oldi

  • 19 mart, 2024, 21:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda biroz tanaffus. Klublarimizdagi bir qator legionerlar ham o‘zining terma jamoalariga chaqirildi. Jumladan, “Qizilqum” darvozaboni Roberts Ozols ham Latvaiya terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, 21-26 mart kunlari Latviya terma jamoasi Kipr hamda Lixtenshteyn termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Paolo Nikolato mazkur o‘yinlarga «Qizilqum» jamoasi darvozaboni Roberts Ozolsni ham jalb etgan. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!