"Qizilqum" 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 19 dekabr, 2024, 13:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum"ning 5 nafar futbolchisi bilan tuzilgan shartnomasi yakuniga etdi.

Tecno

"O‘tgan mavsumda jamoa libosida harakat qilgan darvozabon Robert Ozols, himoyachilar Jamoliddin Ubaydullaev va  Nikolay Tarasov, yarim himoyachi Asror G‘ofurov hamda hujumchi Muhammadali G‘iyosov klub bilan rasman xayrlashdi.

"Qizilqum" PFK rahbariyati ushbu futbolchilarga kelgusi faoliyatida omad tilaydi. Barchasi uchun rahmat!", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" 2024 yilgi mavsumni 11-pog‘onada yakunladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!