"Qizilqum, "Nasaf", "So‘g‘diyona" ortidan "Navbahor" ham jarimaga tortildi

  • 21 sentabr, 2022, 16:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi ligadagi ishtiroki orqali Pro liga yo‘llanmasi uchun harakat qilayotgan “Navbahor-farm” 19-tur doirasida o‘tkazilgan “Do‘stlik Oltiariq” klubiga qarshi uchrashuv uchun shifokor olib kelmagan va o‘z-o‘zidan qaydnomadan shifokor o‘rin olmagan. Bu esa Reglamentning 15.9-bandiga zid xatti-harakat hisoblanadi. 

Tecno

Bunday holat “Navbahor-farm” bilan ikki qayta kuzatildi. Birinchi bor jamoa birinchilikning 13-turidan joy olgan “Aral”ga qarshi o‘yinga ham shifokorsiz kelib, jarimaga tortilgandi. Holat takrorlangani uchun klub avvalgisidan ikki marta ko‘proq jarima to‘laydigan bo‘ldi. 
 
Bungacha mazkur band bo‘yicha “Surxon”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Aral samali”, “Yangier”, “Zomin” klublari ham bir martadan jarimaga tortilgan.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!