
"Qizilqum" — "So‘g‘diyona" uchrashuvi "Paxtakor" stadionida o‘tadi
Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” o‘yiniga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu borada klublar ikki tomonlama kelishuvga erishgan. Jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zPFL bu kelishuvga qarshilik qilmagan. Uchrashuv avvaldan belgilab qo‘yilganidek 17:00 da start oladi.
Fikrlar