Qit’a chempionatiga chaqirilmagan yulduzlar

  • 8 yanvar, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

13 yanvardan boshlab Kot-d’Ivuarda Afrika Millatlar kubogi boshlanadi. Afrika mamlakatlarining ko‘plab futbolchilari Evropa qit’asi jamoalarida o‘ynaydi.

Tecno

Bu galgi afrika chempionatida qatnashadigan terma jamoalar orasida Evropa futbolida nom chiqargan futbolchilar xizmatidan voz kechganlari ham bor.

Musobaqa mezbonlari – Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Jan-Lui Gasse mashg‘ur hujumchi Uilfrid Zaaga taklif yubormadi.

Jazoir terma jamoasi murabbiylar shtabi “Vest Xem” forvardi Said Benraxmani tarkibga kiritmadi.

Kamerunliklar ustozi Rigober Song “Bavariya” hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Sobiq jamoa sardorining 34 yoshda ekanini inobarga olsak, keyinchalik ham terma jamoadan taklif olmasligi haqiqatga yaqinroq.

Afrika qit’asida eng kuchli hujum chizig‘iga ega Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Joze Peseyro ayrim voz kechishga majbur bo‘ldi. “Nitstsa” hujumchisi Teremi Moffi terma jamoadagi joyini bu mavsum porlab chiqqan “Bayer” to‘purari Viktor Bonifasega boy bo‘shatib berdi.

Tunis terma jamoasi mutasaddilari “Manchester Yunayted” a’zosi Gannibal Mejbridan foydalanmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!