
Qishki transferlar uchun "Barselona"da qancha pul bor?
Insayderlar Samyuel Marsden va Moi Lorensning fikricha, "Barselona" qishki transfer oynasida ko‘p pul sarflay olmaydi.
Manbalarga ko‘ra, Ronald Kuman ishdan bo‘shatilgandan keyin, shuningdek, Fati va Pedrining shartnomalari uzaytirilgandan keyin kataloniyaliklar yanvarda 10 million evrodan ko‘p mablag‘ sarflay olmaydi.
Biroq vaziyatdan xabardor manbalarga ko‘ra, Kumanning iste’fosi va Xavining kelishi bilan bog‘liq chiqimlar kelajakdagi xarajatlarga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Barselona” hozirda La Liga musobaqa jadvalida 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar