Qatardagi jahon chempionatida hammaning ko‘zi shu uch qizda bo‘ladi!
Shu yilning 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar mezbonlik qiladigan jahon chempionatida hali musobaqa tarixida kuzatilmagan voqea bo‘ladi.
Gap shundaki, Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA rahbariyati mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi va unga ko‘ra, tarixda ilk bor ayol referilar o‘yinni boshqarib boradi.
2022 yilgi jahon chempionatida uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga FIFA 36 nafar referining nomini kiritdi. Ular orasidan frantsiyalik Stefani Frappar, ruandalik Salima Mukansanga va yaponiyalik Yoshimi Yamashita bor.



Fikrlar