
Qatarda porlagan Amrabat APL grandi bilan shartnoma imzoladi
Marokashlik jurnalist Izem Anass ijtimoiy tarmoqda "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofian Amrabatning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli marokashlik futbolchi “qizil iblislar” bilan shartnoma imzolagan. Fiorentinaliklar rahbariyati esa uni 25 million evroga sotishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Amrabatt 3 yildan beri "Fiorentina"da to‘p surib kelmoqda. Sofian uzoq vaqtdan beri Evropaning top-klublari radarida bo‘lib kelgan, ayniqsa, unga bo‘lgan qiziqish Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng yanada ortdi. Ushbu mundialda Marokash terma jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar