
Qatar yulduzlar ligasi. Rashidov jamoasi peshqadamga qarshi, To‘xtaxo‘jaev klubi esa quyi o‘rinlardan chiqib ketishi mumkin
Bugun Qatar Yulduzlar ligasi doirasida 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan "Umm-Salal" klubi mazkur tur bahsini o‘z maydonida o‘tkazadi. Hamyurtimiz jamoasiga peshqadam "Al-Arabi" klubi raqiblik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jaev to‘p tepadigan "Al-Garafa" ham bugun o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Unda jamoaga "Marhiya" klubi qarshilik ko‘rsatadi. Mazkur o‘yin ham 22:15 da boshlanadi.
Fikrlar