
Qatar murabbiyi musobaqa favoriti kimlar ekanligi, jamoaning asosiy maqsadi haqida gapirdi
1 iyundan yurtimizda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Bugun musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Nikolas Kordova va futbolchi Salah Zakariya ishtirok etdi.
Nikolas Kordova: - Musobaqada kuchli va saviyali jamoalar jamlangan. Osiyoning eng nomdor jamoalari to‘plangan. Biz bu musobaqadan yaxshi natijalar kutmoqdamiz.
Salah Zakariya: - Bu turnirda ishtirok etayotganimdan xursandman. Men Osiyo chempionatida 3-marta ishtirok etmoqdaman. O‘ylaymanki, bu turnir biz uchun ijobiy yakunlanadi.
- Qatarning bugungi avlodi haqida nima deya olasiz?
- Qatar terma jamoaning hozirgi avlodi ham yaxshi. Hozir yoshlarga tayayapmiz. Biz 23 yoshlik emas nisbatan yoshlarga suyanamiz. Yoshlarni tarbiyalash vazifamiz. Asosiy maqsadlarimiz kelajakda terma jamoaga munosib futbolchilarni etishtirib berish.
- Musobaqadagi 3 ta favorit jamoa qaysilar?
- Biz musobaqa davomida Qatar va mamlakatdan tashqarida tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylashimcha, har bir jamoada imkoniyat bor.
- Jamoaning asosiy maqsadi va guruhdagi asosiy raqib sifatida kimni ayta olasiz?
- Alohida qaysidir jamoani ajratib ko‘rsata olmayman. O‘zimiz turdan-turga o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz. Aynan kim favorit ekanligini ayta olmayman.
Biz minimum haqida emas, maksimum vazifa haqida o‘ylaymiz. Buning uchun harakat qilamiz.
- Musobaqadan avval bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdingiz. Jumladan, Iordaniyaga qarshi. Bu jamoaning qanday o‘yin ko‘rsatishiga yordam berdimi?
- Albatta, turnirdan oldingi o‘rtoqlik o‘yinlari jamoaga yordam beradi. Bu taktika tanlashda as qotadi.
- Eron haqida nimalarni bilasiz?
Salah Zakariya: - Raqibni o‘rgandik. Ularga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatish kerakligini bilamiz. Eron jismoniy va texnik tomonlama qolganlardan kuchliroq.
Fikrlar