
Pyanich: Menga Kuman bilan ishlash yoqyapti
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich kataloniyaliklarning yangi ustozi Ronald Kuman qo‘l ostida o‘ynash unga yoqayotganini aytdi.
“Kuman menga ishonch bag‘ishladi. U menga o‘zimdek bo‘lishim kerakligini aytdi. Biz mavsum startiga puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bunga to‘liq tayyor bo‘lishimizga ishonaman. “Barselona”dagi debyutimni esa muxlislar oldida o‘tkazishni xohlardim”, - deydi bosniyalik futbolchi.
30 yoshli Pyanich “Barselona”ga shu yoz “Yuventus”dan ko‘chib o‘tdi. Kataloniyaliklar La Liganing ilk turini 27 sentyabr kuni o‘z maydonida “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar