
Putin xokkey o‘ynadi (video)
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin yangi yil oldidan Tungi xokkey ligasi doirasida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. "Qizil maydon"da o‘tgan bellashuvda prezident jamoasi g‘alaba qozondi.
Rossiya rahbari bilan birgalikda mamlakat Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, mahalliy xokkey afsonalari Pavel Bure, Valeriy Kamenskiy, Sergey Fyodorov va Aleksey Kasatonovlar bir jamoadan o‘rin olishdi. Putin odatdagidek 11-raqam ostida muzga chiqdi.
Raqib jamoa tarkibida esa Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin, Podmoskove gubernatori Andrey Vorobyov, tadbirkorlar Gennadiy Timchenko, Vladimir Potanin va Roman Rotenberg, shuningdek saksafonchi Igor Butmanlar harakat qilishdi.
O‘yin esa Putin harakat qilgan jamoaning 8:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Fikrlar