
Pulishich "Yuventus"ga o‘tishga yaqin
Chelsi" hujumchisi Kristian Pulishich "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Oldinroq London klubi moliyaviy feyr-pley borasidagi ahvolini yaxshilash uchun 24 yoshli futbolchini sotish niyatida ekani haqida xabar berilgandi. Turin klubi amerikalik vinger uchun kurashda favorit sanaladi.
"ESPN" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" Pulishichni "Yuventus"ga qo‘yib yuborishga tayyor. "aristokratlar" o‘z futbolchisi uchun taxminan 20 million evro olishlari mumkin.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 30 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar