
PSJning taklifi Alabani o‘ylantirib qo‘ydi
Mavsum yakunlangach, “Bavariya”dan ketadigan himoyachi David Alabaning yangi jamoasi hozircha qaysi bo‘lishi noma’lum.
TZ nashri tarqatgan xabarga qaraganda, avstriyalik futbolchi allaqachon PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan shaxsan bu borada gaplashishga ham ulgurgan. Parijliklar Alabaga o‘zi xohlaganidek, markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynashga kafolat bermoqda. Ammo xaridorlardan biri hisoblangan “Real” unga buni va’da qilmagan. Boisi, “Qirollik klubi”da bu chiziqda Kazemiro va Toni Kroos kabi futbolchilar bor.
Alaba joriy mavsum Bundesligada jami 22 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar