
PSJ yozda MYu hujumchisini sotib olmaydi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yozgi transferlar vaqtida PSJga o‘tmaydi, deb xabar beradi “Sky Sports” nashri.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar 24 yoshli angliyalikni sotishdan manfaatdor emas.
Shu bilan birga, parijliklar ham yozda Markus sotilmasa, transferni amalga oshirishga harakat qilmaydi. Parijliklar hujumchini keyingi yil o‘z safiga qo‘shib oladi.
O‘tgan mavsumda Reshford "Manchester Yunayted"ning barcha musobaqalar doirasidagi 32 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar