PSJ Yamalni sotib olmoqchi

  • 24 mart, 2024, 15:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi "Barselona" yulduziga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, parijliklar 16 yoshli vinger Lamin Yamalni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Manbaning xabar berishicha, PSJ hali ispaniyalikning transferi bo‘yicha hech qanday taklif bilan chiqmagan. "Ko‘k-anorranglilar" Yamalni sotish niyatida emas va uni kelajakda asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda va hatto kelasi mavsumdan unga 10-raqamni bermoqchi.

Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Lamin to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq "Barselona" prezidenti Joan Laporta klub Laminni 200 million evroga sotishdan bosh tortganini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!