
PSJ tez orada frantsiyalik forvard transferini e’lon qiladi
PSJ "Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muanini 80 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, parijliklar nemis klubiga 70 million evro + 10 million evro bonus taklif qilgan.
Agar frankfurtliklar mazkur taklifni qabul qilsa, kelishuv ikki kunda amalga oshishi kutilyapti.
"Ayntraxt" 24 yoshli hujumchisi o‘rniga Yugo Ekitika bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi. Parij grandi uni arzonlashtirilgan summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar