PSJ "Real" futbolchisi uchun 250 mln to‘lashi mumkin

  • 24 iyun, 2020, 18:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Takefusa Kubo PSJ qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda As nashri.

Tecno

Parijliklar yosh vinger atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda va imkon bo‘lsa yozda futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishmoqchi. O‘z navbatida "Real" ham 19 yoshli futbolchini osonlik bilan qo‘yib yubormoqchi emas.

Kuboning "qaymoqrangliklar" bilan shartnomasi 2024 yil iyunida yakuniga etadi. Uning tovon puli esa 250 million evroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda "Malorka" safida ijara asosida to‘p surayotgan xavbek 28 o‘yinda 3 gol va 3 assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!