
PSJ rahbariyati Tuxel o‘rniga jamoaning sobiq futbolchisini olib kelmoqchi
PSJning sobiq yarim himoyachisi Tyago Motta Parij klubining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel va sport direktori Leonardo o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Germaniyalik mutaxassis jamoaning transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda.
PSJ rahbariyati joriy mavsum yakunlangach, Tuxelni iste’foga chiqarib, o‘rniga Mottani olib kelishi mumkin. Tyago parijliklar safida 2012-2018 yillarda futbolchi sifatida to‘p surgan.
Motta 2019 yilda “Jenoa”ni boshqargan va qisqa muddatda iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar