
PSJ prezidenti Muhammad Salohni nega jamoasiga olmasligini aytdi
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy o‘z jamoasi “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Men Salohni yaxshi ko‘raman. Kelib chiqishi biz tomonlarga borib taqaladi. To‘g‘risini aytsam, Muhammad bilan juda faxrlanaman.
U Premer-ligada “Liverpul” bilan nimalarga erishganini bilamiz va buni e’tirof etamiz. Men Muhammad Salohni va “Liverpul”ni hurmat qilaman. Shu ehtirom tufayli Saloh bilan uni jamoamga olish bo‘yicha biror marotaba ham gaplashmaganman, - dedi Nasser Al-Xelaifiy.
Ta’kidlash joizki, Evropadagi manbalar Parij klubi misrlik hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib olib, unga har mavsum uchun 40 million evrodan maosh to‘lashga tayyor ekani va uni “ko‘hna qit’a”da eng katta mablag‘ oladigan futbolchiga aylantirishi haqida axborot tarqatgan edi.
Fikrlar