
PSJ Pochettino bo‘yicha bir qarorga keldi
Talk Sport nashri PSJ xo‘jayinlari argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga klubdan ketishiga ruxsat berishga qaror qilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Pochettino o‘ziga “Manchester Yunayted”dan qiziqish bo‘layotganidan keyin Angliyaga qaytib borishga tayyorligini bildirdi.
Parijliklar esa, jamoani mahalliy mutaxassis boshqarishini istamoqda va bu lavozimga Zinedin Zidanni taklif qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Frantsiya futbolining afsonasi PSJni shug‘ullantirishga qarshi emasligini aytgan.
Zidan “Real”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi. U Frantsiya terma jamoasini boshqarishni istagan edi. Biroq, mamlakat futbol federatsiyasi Dide Deshamga ishonch bildirishda davom etmoqda.
Fikrlar