
PSJ Neymarni bir oylik mukofot pulidan mahrum qildi
PSJ klubi rahbariyati jamoaning braziliyalik hujumchi Neymarga nisbatan ko‘rilgan jazoni ma’lum qildi.
UOL Esporte nashri tarqatgan xabarga qaraganda parijliklar Neymarni bir oyli mukofot pulidan mahrum etishgan. Ta’kidlash kerakki, ushbu mablag‘ 375 ming evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni mavsumoldi yig‘iniga kelmagani uchun jazoladi. Aytish kerakki, futbolchi “Barselona”ga qaytishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Neymar o‘tgan mavsum jarohati sabab ayrim uchrashuvlarda ishtirok etmadi. U 28ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar