PSJ Mbappening dubli evaziga "Monako"ni mag‘lub etdi

  • 13 dekabr, 2021, 02:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 18-turidan o‘rin olgan PSJ - "Monako" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

12-daqiqada Mbappe o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Messining uzatmasidan so‘ng Kilian dublni rasmiylashtirdi. 

Ushbu natijadan so‘ng parijliklar hisobidagi ochkolar soni 45 taga etdi va ular Liga 1 turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. 28 ochkosi bor "Monako" 8-pog‘onani band etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!