
PSJ Mbappega qarzini to‘lamoqchi emas
PSJ Kilian Mbappe oldidagi qarzni to‘lash o‘rniga e’tiroz bildirishda davom etadi.
Oldinroq Frantsiya Professional futbol ligasi parijliklarga forvardning 55 million evrolik qarzini to‘lashi shartligi haqida qaror chiqargan edi. Bu miqdor umumiy to‘lanmagan ish haqi va bonuslarni anglatadi.
Qarzlar yopilishi uchun sakkiz kunlik muddatni belgilab qo‘yilgan edi. Muddat ham bugun tugadi. PSJ o‘z bayonotida bu summaning to‘lanishi haqida ortiqcha bahslashmoqmi emas. Aksincha, sud ishini boshqa yuqori vakolatli organga topshirish niyatida ekanini bildirmoqda.
"Biz komissiyaning qarori ustidan apellyatsiya berdik. Gap faqat klubning huquqiy pozitsiyasida emas, bu to‘liq asosli deb aytish mumkin. Bu, shuningdek, halollik, qadriyatlarni saqlash va klubimizning muxlislariga hurmat masalasidir. Bu har qanday o‘yinchidan muhimroqdir.
Huquqiy va faktik nuqtai nazardan, o‘yinchi klub oddiygina bajarilishini so‘ragan ommaviy va shaxsiy majburiyatlarni oldi. Bundan tashqari, Kilian Parijda 7 yil davomida klubda misli ko‘rilmagan imtiyozlarga ega bo‘ldi.
Agar futbolchi bu ishni davom ettirishga qaror qilsa, klub ushbu asossiz va shubhali habar bergani uchun tegishli organlarga murojaat qilishimiz ehtimoli bor", - deyiladi parijliklar bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, yozda Mbappe "PSJ" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida "Real" safiga o‘tgan edi.
Fikrlar