PSJ “Manchester Yunayted” yulduzini olishga tayyor

  • 13 dekabr, 2022, 06:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ “Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshfordni sotib olmoqchi. Klub unga haftasiga 850 ming funt to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda “Mirror” nashri.

Tecno

Bir necha kun avval Nosir al-Xelayfi hujumchini erkin agentga aylansa, PSJga olib kelishi mumkinligini aytgandi. Ammo Reshfordning Angliya klubi bilan kelishuvida shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi bor va uning qolish ehtimoli yuqori.

Reshford Angliya bilan Jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib keldi. U terma jamoaning turnirdagi to‘purari bo‘ldi. Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ning ham mavsumdagi to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!