
PSJ klubi sobiq futbolchisi vafot etdi
PSJ, "Lester", "Kardiff" klublari va Kot-d'Ivuar terma jamoasi sobiq futbolchisi Sol Bamba vafot etdi.
Hozirda Turkiyaning "Adanaspor" klubi murabbiyi bo‘lgan sobiq futbolchi 39 yoshda edi. Klub uning sog‘lig‘i yomonlashgani uchun darhol kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
2021 yil yanvar oyida o‘sha paytda Kardiffda o‘ynayotgan Bambaga lenfoma tashxisi qo‘yilgandi. U bir necha marotaba kimyoterapiyadan o‘tdi va futbolchi sifatida yana bir mavsumni "Midlsbro"da o‘tkazdi.
Shuningdek, himoyachi o‘z faoliyatida PSJ(u frantsuz klubi akademiyasi bitiruvchisi), "Hibernian", "Lester", "Lids" klublari va Kot-d'Ivuar milliy terma jamoalarida o‘ynagan va vatanining jamoasi bilan 2012 yilda Afrika millatlar kubogining vitse-chempioniga aylangan.
Fikrlar