
PSJ Kavaniga yangi shartnoma taklif qildi
PSJ klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Edison Kavani bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Get French Football nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli urugvaylik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Frantsiya chempioni esa uni yana bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda Kavani ushbu masala yuzasidan klub tomonidan taklifni olgan va tez orada tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kavani PSJ safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar