
PSJ jamoani kuchaytiradigan o‘yinchini ko‘zladi
Yangi transferlar har qanday jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, grand klublar katta transferlarni oldindan reja qiladi.
PSJ ham tarkibini kuchaytiradigan ijrochilarni topishga harakat qilmoqda.
TodoFichajes nashrining xabar berishicha, Frantsiya chempionlari Angliyaning eng qudratli klubi “Manchester Siti” vakilini transfer qilmoqchi.
Aslida parijliklar avval ham Bernardu Silvaga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Portugaliyalik hujumkor futbolchi “shaharliklar” bilan shartnomani uzaytirdi. Biroq uning bitimida Silvani 2024 yilning yozida 50 million evroga transfer qilish imkonini beradigan band bor.
PSJ aynan shu banddan foydalanishni rejalashtirmoqda. Aslida 29 yoshli o‘yinchining transfer summasi 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar