PSJ himoyachining transferini "Liverpul"dan avval hal qildi
"Pari Sen-Jermen" markaziy himoyani kuchaytirish arafasida. "Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, parijliklar "Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniyni xarid qilish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik 21 yoshli himoyachi PSJ bilan printsipial kelishuvga erishgan. Transfer summasi bonuslar bilan birga, 70 million evrogacha etishi mumkin.
Zabarniyga boshqa top-klublar, jumladan "Liverpul" ham qiziqish bildirgan, ammo angliyaliklar tomonidan aniq harakat qilinmagan.
2024/25 yilgi mavsumda Zabarniy "Bornmut" safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 42 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar