PSJ hech kim kutmagan bosh murabbiyni olib keladi

  • 18 aprel, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ kelasi mavsum jamoani boshqa bosh murabbiy boshqarishini istayapti. Kristof Galte jamoaning ichki muhitini to‘g‘rilay olmadi. Frantsiyalik mutaxassis Neymar, Messi va Mbappe kabi yulduzlarni bo‘ysindirishning imkonini topolmadi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Artetaga ko‘z tikmoqda. Xosep Gvardiolaning shogirdi bo‘lgan ispaniyalik mutaxassis o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolgan “Arsenal”ni qisqa fursatda yana grand klublar qatoriga qaytardi.

Joriy chempionatda Mikel Arteta shogirdlari Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti”si bilan chempionlikni talashmoqda.

London jamoasini 2019 yildan beri boshqarayotgan Artetaning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu mutaxassisga PSJ ham begona emas. U futbolchilik davrida – 2001-2002 yillar davomida parijliklar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!