
PSJ Grizmannga eshigini ochmadi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmannda faoliyatini o‘z yurtida davom ettirish imkoniyati paydo bo‘lgandi.
PSJ rahbariyati tajribali o‘yinchini jamoaga olib kelish harakatlarini boshlagandi. Keyinroq, transfer ishlari to‘xtatildi.
Jurnalist Loik Tanzi buning sababini aniqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar Antuan Grizmann katta maosh oladigan futbolchilar toifasiga kirishi bois, uni olish fikridan voz kechgan.
Ko‘pchilik “Atletiko” yulduzi “Real Sosedad” tarbiyalanuvchisi ekanini bilmaydi. Bundan tashqari, Grizmann orada “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan, biroq Kataloniyadagi faoliyati yorqin chiqmaganidan keyin Madridga qaytishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar