PSJ futbolchisi La Ligaga qaytadi

  • 27 dekabr, 2021, 18:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Rafinya Alkantara faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, unga "Real Sosedad"dan taklif bor. Futbolchi ham o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan La Ligada to‘p tepishga qarshi emas. U avval "Barselona" va "Selta" sharafini himoya qilgan.

Tomonlar kelishuvga erishgan va 28 yoshli yarim himoyachi mavsumni "Sosedad"ga yakunlashi aytilmoqda. Shartnomada Alkantarani keyinchalik sotib olish huquqi bo‘lmaydi. Ertaga futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun San-Sebastyanga yo‘l oladi.

Rafinya 2020 yilda parijliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt oralig‘ida 39 uchrashuvda ishtirok etgan xavbek o‘z hisobiga 7 assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!