
PSJ darvozaboni muammolar girdobida qoldi
Rossiya milliy terma jamoasi va PSJ klubi darvozaboni Matvey Safonov yana aliment sabab muammoga yo‘liqdi. Futbolchining sobiq rafiqasi ana shu sabab yana sudga murojaat qildi. Sud ham da’vogar taraf ya’ni rossiyalik posbonnig sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga qaror chiqardi.
Qarorga binoan, Safonov avvalo 60 million rubl qarzini qaytarishi va aliment uchun oylik maoshining 25 foizini to‘lashi kerak.
Hisob-kitoblariga ko‘ra, bolani bir necha yil boqish uchun unga qariyb 300 million rubl kerak bo‘ladi. Bundan tashqari qizaloq bolalar bog‘chasiga qatnashi uchun qo‘shimcha ravishda 2 million rubl talab qilinadi.
Barchasi, shu bilan tugaydi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Matvey Safonov qizaloqning quyidagi mashg‘ulotlari uchun ham sarf-xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi:
Xitoy tili – haftasiga 2 marta
Ot sporti – haftasiga 1 marta
Tennis – haftasiga 2 marta
Musiqiy teatr – haftasiga 2 marta
Estrada san’ati maktabi - haftasiga 2 marta
Rassomchilik - har kuni
Ammo bu qarorga nisbatan futbolchi ham advokat yo‘lladi va tez orada ijro yuzasidan sudga apellyatsiya kiritishni rejalashtirgan.
Fikrlar