Professional boksga o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan Otabek Xolmatov Top 10 bokschisi bilan jang qiladi

  • 5 fevral, 2022, 12:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim engil vazn toifasida (57,1 kg) faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov (9-0, 9 KO) navbatdagi jangini 26 mart kuni o‘tkazadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Florida shtatida bo‘lib o‘tadigan jangda Xolmatovga WBA reytingida 8-o‘rinda borayotgan rossiyalik bokschi Andranik Grigoryan (14-0, 3KO) raqiblik qiladi.

Tecno

Xolmatov professional faoliyatini 2021 yil avgust oyida boshlaganiga qaramay, qisqa muddatda 9 ta jang bilan WBA reytingida 13-o‘rinda bormoqda. Uning raqibi esa hali mag‘lubiyatga uchramagan va NABA kamari egasi hisoblanadi. Jang 12 raund etib belgilangan. Ushbu jiddiy yurishda Xolmatovga omad tilab qolamiz.

image_2022-02-05_12-31-42

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/02/2022 15:17
Отабекка омад! Бу катта таваккал! Таваккал омадли булсин! Яхши тайёргарлик булса голиб келиш мумкин.