Professional boks bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida kim etakchi yoxud O‘zbekiston qaysi o‘rinda? (Tahlil)

  • 20 oktabr, 2019, 18:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki professional boks olamida to‘rtta nufuzli WBC, WBA, IBF, WBO yo‘nalishlari mavjud. Mazkur yo‘nalishlar doimo, bokschilar reytingini e’lon qilib boradi. Bu albatta juda muhim sanaladi. Bugun biz WBC, WBA, IBF, WBO ning barcha vazn toifalarida kuchli beshlikdan o‘rin olgan MDH davlatlari bokschilari haqida ma’lumot bermoqchimiz. Shuningdek, bu borada qaysi yurt peshqadam ekanligiga ham to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Tecno

Demak, MDH mamlakatlaridan jami bo‘lib, kuchli beshlikdan 38 ta bokschi o‘rin olgan. Bu  borada Rossiya yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Chunki, rus bokschilarining 20 nafari yuqori besh o‘rinlarda qayd etilgan. Ularning 3 nafari Dmitriy Bivol (WBA), Artur Beterbiev (IBF,WBC) hamda Sergey Kovalyovlar(WBO) chempionlik kamari sohiblari hisoblanishadi.

c85a0d1a317bc7d633a07b8baf76269e

Ikkinchi o‘rinda mos ravishda 5 tadan vakillariga ega Ukraina hamda mamlakatimiz bokschilari turibdi. Ukrainaliklarda 1 nafari ya’ni Vasiliy Lomachenko (WBC, WBA, WBO) chempionlik kamari sohibi sanaladi. Aslida ularda to‘rtta chempion bo‘lishi mumkin edi. Lekin vakant IBF kamari uchun jangda Sergey Derevyanchenko qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga, Aleksandr Gvozdik esa, kecha kamarlarni birlashtiruvchi to‘qnashuvda Artur Beterbievga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qolaversa, yarim og‘ir vazndagi mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikni og‘ir vaznga o‘tishi munosabati bilan, bu yurt vakillarida yagona chempion Vasiliy Lomachenko qoldi.

Hamyurtlarimiz esa, hozircha nufuzli yo‘nalishlarning haqiqiy chempionlik kamariga ega emaslar. WBC Silver, WBA Asia, interkontinental chempionlik kamarlari mavjud. Albatta, sekin-asta bu marralarni ham zabt etamiz. Ayniqsa, Murodjon Ahmadaliev va Qudratullo Abduqahhorovlar bunday natijaga juda yaqin turibdi. Qolaversa, Shahram G‘iyosov, Shohjahon Ergashev, Isroil Madrimov, Azizbek Abdug‘ofurov, Bektemir Meliqo‘zievlarning ham nufuzli kamarlarni qo‘lga kiritishi uchun salohiyatlari etarli.

a5e0b2cd0efb89838ea7af8aad3d4219

Bilasiz, reyting har oy yangilanib turadi. Navbatdagisida hamyurtlarimiz soni yanada oshishi mumkin. Chunki, Isroil Madrimov ayni vaqtda,WBA yo‘nalishida 6-o‘rinda qayd etilgan. Qolaversa, Olimjon Nazarov, Ravshanbek Umurzaqovlar ham yil yakuniga qadar, yuqori pog‘onalarga ko‘tarilsa ajab emas.

Keyingi natija yon qo‘shnilarimiz qozog‘istonliklarga tegishli. Ulardan uch nafari yuqori pog‘onalarni zabt etgan.Bir necha kun avval ukrainalik Sergey Derevyanchenkoni mag‘lub etib, IBF kamarini qo‘lga kiritgan Gennadiy Golovkin chempion bo‘lsa, Beybut Shumenov WBA ning regulyar (oddiy chempionlik) kamari egasi sanaladi.

Keyin esa, bir yo‘la beshta mamlakat bittadan vakiliga ega. Ular orasida latviyalik Mayris Briedis WBO chempioni hisoblanadi. Litva vakili Egidiyus Kavalyauskas WBO chempionlik kamariga da’vogar sanaladi. Qolaversa, Tojikiston, Belarus hamda armanistonliklardan ham bir nafardan bokschilar yuqori beshlikdan o‘rin olgan.

1543158244_madr_olym

Quyida barcha bokschilarni e’tiboringizga avola etamiz:

Rossiya

Zaur Abdullaev,

Roman Abdullaev

Aleksandr Besputin

Roman Andreev

Batir Axmedov

Sergey Lipinets

Rajab Butaev

Bahram Murtazaliev

Magomed Madiev

Matvey Korobov

Fyodor Chudinov

Igor Mixalkov

Dmitriy Bivol

Artur Beterbiev

Sergey Kovalyov

Umar Salamov

Aleksey Egorov

Yuriy Kashinskiy

Ruslan Fayer

Aleksandr Povetkin

5b229e61d40e96f1da931a3270a6f403

O‘zbekiston

Murodjon Ahmadaliev

Shohjahon Ergashev

Shahram G‘iyosov

Qudratullo Abduqahhorov

Azizbek Abdug‘ofurov

Ukraina

Vasiliy Lomachenko

Viktor Postol

Sergey Derevyanchenko

Aleksandr Gvozdik

Aleksandr Usik

0a78392da37cabf711e0e916fe6571b4
Qozog‘iston

Aydos Erbosinuli

Gennadiy Golovkin

Beybut Shumenov

Tojikiston

Shavkat Rahimov

Latviya
Mayris Briedis
Litva

Egidiyus Kavalyauskas

Belarus

Ivan Baranchuk

Armaniston

Azat Ovannisyan

f4fced58a0f97352183b997f32d00704

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!