
Pro ligaga ravona bo‘lgan "Dinamo" tarkibida ham o‘zgarishlar katta
Yangi mavsum oldidan Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan «Dinamo» jamoasi havo haroratining anomal pasayishi sababli nazorat o‘yinlari ro‘yxatida o‘zgarish kiritdi.
Qorli ob-havo sharoitida yig‘in doirasidagi «Buxoro», «Bunyodkor» va «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinlar bekor bo‘lgach va Superliganing aksariyat klublari xorijga jo‘nab ketgach, jamoamiz «Lokomotiv» va «Bunyodkor» yoshlar jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Dastlab Sadriddin Abdullaev murabbiyligidagi yosh «temiryo‘lchilar» mag‘lub etilgan bo‘lsa, so‘ng Anvar Rahimov ustozligidagi yosh «qaldirg‘ochlar» ustidan g‘alaba qozonildi.
Yig‘in doirasida jamoa safida Ravshanbek Yagudin, Jamshid Hasanov, Bahodir Nasimov, Frantsis Narx, Ikrom Erkinov, Komil Sharofutdinov, Mironshoh Sattorov, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Vladislav Nuriev, Valeriy Akopov, Xurshid Ubaydullaev, Bahodir Abduvaliev singari o‘yinchilar murabbiylar ko‘rigida ishtirok etmoqda. Ko‘rikda bo‘lgan afrikalik legioner Devid Bakeraga javob berib yuborildi. Serbiyalik himoyachi Yovan Pajarin esa ko‘rikda qatnashmoqda.
Nazorat o‘yinlari. Toshkent
«Dinamo» - «Lokomotiv» yoshlar jamoasi – 5:1
Gollar: Bahodir Nasimov, Vladislav Nuriev, Valeriy Akopov, Devid Bakera, Hazrat Tursunqulov.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Yovan Pajarin, Xurshid Ubaydullaev, Bobur Mamadaminov, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Ikrom Erkinov, Jamshid Hasanov, Valeriy Akopov, Devid Bakera, Vladislav Nuriev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Bahodir Nasimov, Komil Sharofutdinov, Mehriddin Musurmonov, Javlon Malikov, Akmal Kozimov, Bahodir Abduvaliev.
«Dinamo» - «Bunyodkor» yoshlar jamoasi – 2:0
Gollar: Yovan Pajarin, Mironshoh Sattorov.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Komil Sharofutdinov, Erkin Boydullaev, Yovan Pajarin, Bobur Mamadaminov, Abdujamol Isroilov, Jasur Qurbonov, Akmal Kozimov, Frantsis Narx, Bahodir Nasimov, Vladislav Nuriev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Xurshid Ubaydullaev, Vohid Oqbo‘taev, Valeriy Akopov, Hazrat Tursunqulov, Mehriddin Musurmonov, Ikrom Erkinov, Bahodir Abduvaliev, Mironshoh Sattorov, Elguja Grigalashvili.
Navbatdagi nazorat uchrashuvi 17 yanvar kuni «Surxon»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Dinamo” matbuot xizmati.
Fikrlar