Pro ligada markaziy o‘yinning statistikasi qanday?

  • 18 mart, 2024, 21:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 2-turidagi markaziy o‘yin Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Pro liga etakchilari shu kunga qadar chempionat bahslarida jami 30 ta uchrashuvda to‘qnash kelishgan.

O‘zaro uchrashuvlarning 11 tasida “Qo‘qon-1912” g‘alaba qozongan. «Buxoro» jamoasi esa 15 tasida zafar quchgan. Yana 4 ta bahsda jamoalar durang o‘ynashgan. To‘plar nisbati 55-43 ”Buxoro” foydasiga.

Buxoroliklar 49 ochkoni qo‘lga kiritishgan. «Qo‘qon-1912» ochkosi 37 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuv:

28.02.2020. Qo‘qon 1912 – Buxoro - 3:0 (1:0)

14.04.2019. Qo‘qon 1912 – Buxoro - 1:3 (0:2)

22.05.2018. Qo‘qon 1912 – Buxoro - 1:2 (1:2)

26.05.2017. Qo‘qon 1912 – Buxoro - 2:1 (2:0)

09.04.2016. Qo‘qon 1912 – Buxoro - 0:1 (0:0)

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” o‘rtasidagi o‘yin 19 mart kuni «Istiqlol» stadionida soat 17:40 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!