
Pro-liga. 5-tur yakunlandi (turnir jadvali)
"Yunired" - "Sho‘rtan" o‘yini bilan Pro-liganing 5-turi yakunlandi.
Birinchi taymda jamoalarning ehtiyotkorligi evaziga darvozalarga yo‘l topilmadi. Ikkinchi taymning 65 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Murodjon Shamsiev hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, g‘uzorliklar a’zosi Shahboz Nuriddinov standart vaziyatdan unumli foydalanib muvozanatni tikladi. Hakimjon Alamxonov o‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganda samarqandliklarning g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa "Yunired" turnir jadvalida turtinchi o‘ringa chiqib oldi.
Bugungi bellashuvdan so‘ng turnir jadvalidagi vaziyat quyidagicha.
Fikrlar