Prezident ishga aralashdi yoxud Shomurodov transferi bo‘yicha kutilmagan xabar!

  • 14 yanvar, 2023, 16:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino keyingi paytda legionerimizga umuman imkoniyat bermay qo‘ydi.

Tecno

Bu vaziyatda hamyurtimizning boshqa jamoaga o‘tishi eng maqbul variant sifatida baholanayotgan edi. Xaridorlar ham etarlicha. Hatto, Shomurodov oldida tanlash imkoniyati ham borligi uchun hujumchimiz “Roma” talab qilayotgan summani berishga rozi bo‘lgan autsayder jamoalari taklifi rad etdi.

528x300

Shomurodovga da’vogar orasida “Torino” varianti ma’qul keldi. Turin klubi  mutasaddilari ham o‘zbek hujumchisini intizorlik bilan kutmoqda. 

Ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarda deyarli kelishuvga erishilgani ta’kidlandi. “Torino”  mavsum oxirigacha 1 million evro ijara puli berishni, keyinchalik Shomurodovning o‘ynagan uchrashuvlari, gollari va assistlari kabi ko‘rsatkichlari asosida 12 million evro to‘lab, transferni to‘liq amalga oshirishni taklif qildi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bunga javoban transfer huquqi o‘rniga xarid majburiyatini olishni talab etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassisning mana shu talabi Turin klubi xo‘jayinlariga og‘ir botdi.

Tuttosport  nashrining ma’lum qilishicha, ishga “Torino” prezidenti Urbano Kairo aralashdi. Uning shaxsan o‘zi Shomurodovni transfer qilish majburiyatini olishga ta’qiq qo‘ydi.

Turinliklar bir yarim yildan beri asosiy tarkibga kiritilmayotgan o‘yinchi uchun birdaniga katta summa talab qilishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamayapti va hujumchini sinovdan o‘tkazmay turib, bu ishga 10 million evrodan ortiq pul tikishdan cho‘chimoqda.

Hozircha, Shomurodovning transfer bozoridagi ishlari biroz sekinlashdi. Garchi unga “Torino”dan tashqari “Spetsiya”, “Montsa”, “Sampdoriya”, “Kremoneze”, “Sampdoriya”, “Forentina” kabi jamoalar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, Tyagu Pintoning zaxiradagi o‘yinchi uchun 10-12 million evroni birdaniga to‘lash talabini xaridorlarning aksariyati qabul qilmayapti. Bu kelishuvga rozi bo‘lgan “Montsa” va”Kremoneze” singari jamoalarning darajasi esa, Shomurodovga to‘g‘ri kelgani yo‘q.

O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Shomurodov baribir boshqa jamoaga o‘tishi yagona echim hisoblanadi. Chunki Joze Mourino bir yarim yildan beri etarli darajada imkoniyat bermadimi, bundan keyin ham Eldorning xizmatlaridan foydalanishi dargumon.

Qolaversa, portugaliyalik murabbiy “Roma” hujum chizig‘ida Paulo Dibaladan boshqa har qaysi forvard bilan xayralishga tayyor. Hatto  samaradorligi pasayib etgan Temmi Abraxam yoki “Roma”ga qo‘shilgan  Andrea Belottiga munosabat ham avvalgidek emas. Mourinoning ishonchini qozonish uchun rosa harakat qilgan Stefan El-Shaaravi ham mavsum yakunlangach, yangi bitim olmaydigan bo‘ldi.

Shunday ekan, Eldor Shomurodovning “Roma”dagi ishlari birdan yurishib ketishiga ishonish qiyin.

Eldor-Shomurodov-Photo-credit-ASRoma.com_

Qishki transferlar oynasi yopilishiga hali ikki haftadan ko‘proq vaqt bor. Ungacha vaziyat o‘zgarib, Shomurodov o‘zini o‘ynatadigan jamoaga o‘tib ketishiga umid qilib qolamiz.

O‘runov o‘zini o‘zi “chopdi”

Tezkor: Italiya klubi Shomurodov transferidan voz kechdi!

“Roma” Shomurodov bo‘yicha katta summani qabul qilmadi. Transfer barbod bo‘lishi mumkin!

Legionerimiz muxlislar bilan xayrlashdi! Keyingi manzil – kuchli beshlik!

Legionerimiz ligani tark etmoqda. Murabbiyning iltimosi o‘tmadi!

Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
БМЗ
14/01/2023 17:23
Kimga kerak saviyasi past o‘yinchi
YAHYOBEK MUXTOROV
14/01/2023 16:08
Плохо очень плохо