Prevyu. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"

  • 18 aprel, 2024, 20:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston Kubogining 2-tur o‘yinlariga start beriladi. Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida pro liga vakili "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Paxtakor” matbuot xizmati bo‘lajak uchrashuv oldidan statistik ma’lumotlarni havola qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogida "Qo‘qon-1912" bilan jami to‘rtta bahsda to‘qnash kelgan. 2014 yil O‘zbekiston Kubogi uchinchi bosqichida safarda 0:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Toshkentda "Paxtakor" 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2018 yil yarim finalda “Sherlar” mehmonda 5:2 hisobida zafar quchgan. 2020 yilda ham yarim finalda mehmonda “Paxtakor” 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Shuningdek, Liga Kubogida  ikki to‘qnashuv kuzatilib, ularda 4:2 va 0:4 hisoblari qayd etilgan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 19 aprel, juma kuni soat 16:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!