Prevyu. OKMK - "Andijon"

  • 2 may, 23:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi Superliganing 8-turida Olmaliqda OKMKga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Klublar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 26 marotaba ro‘baro kelishgan. Ilk to‘qnashuv 2008 yilda ro‘y bergan. O‘shanda ikkala jamoa o‘z uyidagi uchrashuvlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan yilgi chempionatda esa Olmaliqda 0:0 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, Andijonda OKMK 2:3 hisobida g‘alaba qozongan.

“Andijon” OKMK maydonida faqat 4 marta durang o‘ynagan. Hozircha g‘alaba qozonish nasib qilmagan. 

O‘zaro uchrashuvlar bo‘yicha OKMKda 17, “Andijon”da esa 4 g‘alaba bor. 5 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 50\31 olmaliqliklar foydasiga.

OKMK – “Andijon” bellashuvi 3 may kuni soat 19:30 da “OKMK sport majmuasi” stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!