Prevyu. "Navbahor" - "Buxoro"

  • 25 aprel, 16:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston Superligasining 7-turi doirasida "Navbahor" Namanganda "Buxoro"ni qabul qiladi. 

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 60 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Ushbu 60 ta bahsdan 34 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 16 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchishgan,  10 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

“Navbahor” shu kunga qadar o‘zaro bahslarda 109 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 62 marta to‘p olib chiqqan. Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlarida namanganliklar 112 ochkoni, buxoroliklar esa 58 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 30 ta bahsning 23 tasida mezbonlar, 4 tasida mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. “Lochinlar” o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda buxoroliklar darvozasiga 66 ta to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 22 ta to‘p olib chiqishgan. 

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Buxoro” bahsi Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi  “Markaziy”  stadionida 27 aprel kuni soat 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!