
Prevyu. "Lokomotiv" - "Surxon"
Bugun Superliganing 9-turida oxirgi o‘yin o‘tkaziladi. Unda “Lokomotiv” “Surxon”ga qarshi maydonga tushadi.
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar tarixiga kelsak, O‘zbekiston Superligasi (Oliy liga) tarixida o‘zaro 10 marta to‘qnash kelishgan, shundan 1 ta g‘alaba «Surxon»da, 5 g‘alaba «Lokomotiv» foydasiga. Shuningdek, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati — 15:6, «Loko» foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun 19:00 da Toshkentning «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar