Premer-ligada yangi mavsumda jamoalar soni oshirilishi mumkin

  • 11 aprel, 2020, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiya premer-ligasi ishtirokchilari soni ko‘payishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, koronavirus sabab mavsumning muddatidan avval yakunlanishi munosabati bilan ishtirokchi jamoalar soni 14 taga etishi mumkin. Aniqrog‘i, bu mavsum birorta ham jamoa oliy diviziondan tushib ketmaydi va quyi diviziondan 2 ta jamoa premer-ligaga qo‘shiladi.

Hozircha o‘tkazilgan 30 ta turdan so‘ng “Seltik” musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Reynjers”dan naqd 13 ochkoga ilgarilab ketgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!