Premer-ligada chempion aniq(mi)?

  • 15 may, 2024, 02:22
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-ligada deyarli mavsum o‘z nihoyasiga etdi. 37 ta tur ortda qolib, barcha qaysi o‘rinda qolishi aniq bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, chempionlik poygasida ham kurash tugagandek. Gvardiola shogirdlari safarda "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag‘lub qilib, ochkolari sonini 88 taga etkazib oldi. "Arsenal" bilan farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda. 

Tecno

"Shaharliklar" doimgidek so‘nggi pallada yana o‘ziga kelib oldi. Jamoa ketma-ket 8 ta uchrashuvdan beri faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Eng qizig‘i, klubni oxirgi marta "Aston Villa" 7 dekabrda mag‘lub qilgan. "Arsenla" esa har safar qiladigan xatosini takrorlamadi. Garchi jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo‘lsa ham, darrov o‘ziga kelib, "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ni taslim qila oldi. Arteta bu borada alohida ishlagani bilindi. 

Arteta 'proud' to be at Arsenal amid Barcelona | beIN SPORTS

"Manchester Siti" bilan 2021/22 mavsumda "Liverpul" mana shundan kurash olib borib, yakunda bir ochkoga ortda qolib ketgandi. Bu safar ham shunday bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bor umid Gvardiolaga eng noqulay raqiblardan biri bo‘lgan "Tottenxem"dan edi. Qo‘shnilar esa nafaqat mag‘lub bo‘lishdi, balki EChLsiz ham qolib ketishdi. 

Latest Tottenham news with seven doubts for Fulham amid Son Heung-min and  Cristian Romero update - football.london

38-turda manchesterliklar "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi marta "bolg‘achilar" APL doirasida "Man Siti"ni 2015 yilda yuta olgan. Bu esa yanada imkoniyat kamligini bildiradi. "Arsenal" esa "Everton" bilan kuch sinashadi. Mersisayd klubining deyarli yo‘qotadigan narsasi qolmagan. Shu sababli, "kanonirlar" g‘alaba qozonishi mumkin, lekin bu 3 ochko ham ularga yordam bera olmaslik ehtimoli bor.

Manchester City thriving under 'dead or alive' title pressure – Pep  Guardiola | beIN SPORTS

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!