
Poytaxtimizda velomarafon o‘tkazildi
Poytaxtimizda havaskor velosipedchilar o‘rtasida velomarafon bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur velomarafon Toshkent shahrining Afrosiyob va O‘zbekiston ko‘chalari kesishgan joydan, Beshyog‘och, Furqat, O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab halqa shaklida o‘tkazildi.
Umumiy hisobda 5 kilometr masofani tashkil etgan velomarafon 18-30, 31-45 va 45 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan, mahallalardagi havaskor aholi vakillari o‘rtasida o‘tdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan marafonda barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Fikrlar